O’quv yilini 14 sentyabr– dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov:

Bu yilgi o`quv yilini 14 sentyabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi.

Bir hafta oldin sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni ochish, ushbu jarayonda barcha choralarni to’liq va to’g’ri amalga oshirilishini o’rganib chiqish ham rejalashtirilgan. Maktabga o’quvchilarning bir vaqtda kelmasligi, kirayotganda isitmasi o’lchanishi, barcha darslar bir sinf xonasida o’tilishi, tanaffusda sinf havosi shamollatilishi, o’quvchilarga ijtimoiy masofani saqlashni tushuntirish kabi qator talablar ishlab chiqilib, joylardagi barcha maktablarda ijrosini ta’minlanish choralari ko’rilish kerak bo’ladi.

Shu sababli, bugun-erta barcha maktablarda ota-onalardan so’rovnomalar o’tkazilmoqda. Bizga har bir ota-onaning fikri muhim. Iltimos, ushbu so’rovnomada faol qatnashing! Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aynan sizning farzandingiz maktab ochilganda maktabga borib o’qiydimi yoki uydan onlayn o’qiydimi degan savolga faqat siz javob bera olasiz! Bizga esa bu so’rovnomalar barcha maktablar kesimida aniq, ob’ektiv holat bo’yicha ma’lumotni yig’ishga imkon beradi.

Manba

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: