O‘sish bor. Hokim qariyb 100 ming AQSh dollarlik mashinada yuribdi.

Matbuotning e’tiboriga tez-tez tushib turadigan Andijon viloyati hokimi yana ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining diqqat markazida. Shuhrat Abdurahmonov bu safar qimmatboho xizmat mashinasi bilan “ko‘rinish” berdi.

Viloyat hokimining 60 001 AAA raqamli “TANOYE” avtomashinasining bozor narxi salkam 100 ming AQSh dollari ekani tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortgan. Darvoqe, 001 AAA avtomobil raqamining auktsiondagi narxi ham ancha-muncha “Matiz”ning puliga borib qolsa kerak?

Ta’kidlash kerak, Andijon viloyati ishsizlik darajasi bo‘yicha respublikamizda eng oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining o‘tgan yilgi hisobotida viloyat aholisining qariyb 10 foizi ishsiz ekani qayd etilgan. Viloyat rahbarlari qimmat mashinada yurgancha, 10 minglab ishsizlarga ish joyi ochish haqida o‘ylasa, davlatga ham, jamiyatga ham, odamlarga ham foyda bo‘lardi.

Hasan SALOMOV,
jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: