Hojiboy Tojiboyev o‘ldirib yuborilganmi?

Tashkent City’da O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning haykali ochildi. Hojiboy Tojiboevning yordamchisi, qiziqchi Otabek Hasanov Hojiboy Tojiboyevning vafoti bilan bog‘liq turli gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Ularning vafoti haqida har xil gap-so‘zlar bo’ldi, “o‘ldirib yuborishgan” deganlar ham bo‘lgan, tavba qildim. “Ko‘p gapirib yuborgani uchun yo‘q qilib yuborishdi” deyishdi. Ammo ular darddan, kasallikdan vafot etdilar.

Valijon Shamsiyev guvoh bo‘lganlar. Kontsertda birga edik. Hojiboy akaning oxirgi kontsertlarida, videoni ko’rsanglar “Hov, eshikni yopinglar, maza yo‘q” degan joylari bor.

Xurshid Rasulov bo‘lsa kerak, oxirida qo‘shiq aytayotgan joyida Hoji aka tanaffusga chiqdilar-da, shunday stulga o‘tirdilar va mazalari qochdi.

Valijon massaj qilib yotibdi, bu yoqda yugur-yugur, menga: “Zalda Hojiboy akaning doktorlari bor, shuni tezda topib keling”, — deyishdi. Shunda zalga tomoshabinlarni orasiga tushib, doktorlarini topib, Hoji akani o’zlariga keltirganmiz. Hech qanday tez yordam chaqirilmagan, juda mazalari qochgan edi. Bu oxirgi kontsertlarida bo‘layotgan voqea edi. Hoji aka darrov o’zlariga keldilar. “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi xodimlari choy damlab, issiq-issiq choy ichib o‘zlariga kelgan. Shu narsaga o‘zim guvoh bo‘lganman. Chiqdilar, xalqni kuldirdilar.

Bir kundan so’ng “aka kecha nima bo’ldi”, desam, “endi charchaysiz-da, ko‘z tegadi-da, o‘qitib qo‘yish kerak-da” degandilar.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: