“O‘zAvto”, aravani quruq olib qochmang!

“O‘zavto” rahbariyati deputatimiz Rasul Kusherbayevga og‘zini to‘ldirib, javob qaytarishgan ekan, bizning ham ularga aytar gaplarimiz bor…

Hurmatli “O‘zavtosanoat”chilar,

Javobingizda xodimlarning ish haqidan o‘tkazilgan homiylik mablag‘lari haqida yozibsiz. O‘zbekistonda esa bu jamg‘armaga pul o‘tkazmagan xodim qolmagan, menimcha. Ikkinchidan, beg‘araz yordamlaringiz haqida ham yozgan ekansiz, bu vaziyatda ko‘plab tadbirkorlar ham jim qarab turmadi, qo‘llaridan kelganicha mablag‘ ajratganini yaxshi bilamiz. Uchinchidan, Andijon viloyatiga berilgan tez tibbiy mashinalari haqidagi maqolada adashmasam, tez tibbiy mashinalarni Andijon viloyati hokimi sovg‘a qildi, deb yozilgandi…

Endi Sizlarga mening ham savollarim bor.

Aytingchi, nega avtosalonga pullarni 100 foiz to‘lab qo‘yib ham fuqaro va tadbirkorlar uch oylab kutishi kerak? Nega hanuzgacha Damas va Labo avtomashinalari uchun uzluksiz navbatlar soni kamaymayapti? Taklif talabdan ortib ketsagina narxni kamayishiga erishish mumkin. Nega talab yuqoriligini ko‘ra bila turib, taklif, ya’ni ishlab chiqarish hajmini oshirmay narxlarga bilvosita ta’sir o‘tkazyapsizlar? Bu bilan xalqimizni qachongacha ovorayi sarson qilmoqchisizlar? Narxni-ku osmon-u falakka ko‘tarib qo‘ydinglar, hech bo‘lmasa, shu ishlaringga yarasha fuqarolarni kuttirmaslik yo‘lini topsalaring bo‘lmaydimi? Qachongacha O‘zbekistonda avtosalonlarida Labo va Damas mashinalarini ko‘rmaymiz? Oddiy xalq ololmaydigan mashinalaringiz bilan avtosalonlarni to‘ldirib qo‘yishga uyalmaysizlarmi? Bu savollarimga yana aravani quruq olib qochmasdan javob beringlar-a?

Dilshodbek Daliyev

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: