O‘zbek matbuoti haqiqiy 4-hokimiyat bo‘lishiga hali vaqt kerak

Komil Allamjonov:

Samarqandda tashkil qilingan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar elchilari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro davra stolida xorijlik mehmonlarga O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdik.

Afsuski, uzoq yillar «xalqimiz so‘z erkinligiga tayyor emas» degan yolg‘on tamg‘a yopishtirilib, jurnalistlar uzoq yillik senzuraga mahkum etildi. Aslida odamlarimiz qanchalik erkin va dovyurak bo‘lganini to‘qsoninchi yillar boshidagi parlament sessiyalari ham tasdiqlaydi. Yaqinda «Youtube» orqali o‘sha tasmalarni ko‘rib, so‘z erkinligining haqiqiy va samimiy ko‘rinishiga guvoh bo‘ldim.

Yigirma besh yillik yopiq rejimdan so‘ng hattoki jurnalistlarimizni ham ichki senzura butunlay tark etgani yo‘q. Muammolarning barchasini bir zumda hal etish mumkin emas, biroq Prezidentimizning siyosiy irodasi tufayli sohadagi muammolar birin-ketin barham topyapti. Davlat rahbari jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlayapti, tanqidiy materiallar yozishga chorlayapti. Bu — zamon va islohotlar talabi.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston yaqin kelajakda ochiqlik va oshkoralik tamoyilini yanada mustahkamlaydi va dunyodagi so‘z erkinligi, demokratiya qaror topgan mamlakatlar safiga qo‘shiladi.

Biz 2020 yilda So‘z erkinligi Markaziy Osiyo forumini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyormiz. “Rim bir kunda qurilmaganidek o‘zbek matbuoti ham haqiqiy 4-hokimiyat darajasiga yetishiga hali vaqt kerak va biz buni yaxshi tushunamiz”, — deb fikrini xulosalagan AOKA rahbari.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: