O‘zbekiston aholisida 10 milliard dollarga yaqin mablag‘ bor – Sodiq Safoyev

O‘zbekiston aholisida 10 milliard dollarga yaqin mablag‘ bor. Lekin u pullar ishlab chiqarishga emas, uy-joy va to‘yxonalarga sarflanadi yoki yostiq ostida saqlanadi, — dedi Sodiq Safoyev

Har bir jamiyatda bo‘lgani kabi, bizning aholimizda ham mablag‘ bor. Agar shu mablag‘larni ishlab chiqarishga yo‘naltirsak, gapning ochig‘i, bizga xorijiy investitsiyalar ham bugungichalik dolzarb bo‘lmaydi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, aholida 10 milliard dollarga yaqin mablag‘ bor.

Lekin u pullar ishlab chiqarish emas, uy-joy, to‘yxonalarga sarflanadi yoki xalq iborasi bilan aytganda, «yostiq tagida yotgan mablag‘lar». Vaholanki, bu pul ishlashi kerak. Pul o‘z qiymatini oshirishi lozim. Yangi ish o‘rinlarini yaratish zarur. Buning uchun esa kapital bozori kerak. Ishbilarmonlar bu haqida kuyinib gapirishyapti, – dedi Senat rasmiysi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: