O‘zbekiston iqtisodi ikkita raqamda: 48 mingga sotib oldi va 76 mingga sotdi

Nega O‘zbekiston mehnatsevar va tadbirkor aholisi, tabiiy boyliklari bo‘la turib jahonning eng kambag‘al 40 ta davlatlari qatoriga kiradi?

Chunki o‘zbek iqtisodiyoti yuzlab, minglab sun’iy monopoliyalar va korruptsioner tekintomoqlarni yelkasida ko‘tarib turibdi. Masalan, ularga import mahsulotni 48 ming dollarga sotib olib, bojxona to‘lovlaridan bor-yo‘g‘i 15 foiz QQSnigina to‘lab(agar to‘lasa), uni bizga 76 ming dollarga sotishga ruxsat berilgan.

Deputatlarga bu raqamlarni e’lon qilish ta’qiqlangani bekorga emas: mafiya ochiqlikni yoqtirmaydi.

Shuning uchun toki biz:

  • aholi va byudjetga «parazit»lik qiluvchi sun’iy monopoliyalarni yakson qilmas ekanmiz;
  • raqobatni cheklovchi byurokratiya va soliq to‘siqlari mashinasi hamda u bilan bir vaqtda birga ishlovchi “o‘zlariniki” uchun imtiyoz va preferentsiyalar beruvchi mashinani sindirmas ekanmiz;
  • sun’iy monopoliyalar, biznesdagi raqobat uchun to‘siqlar va korruptsion «sxema»larni dunyoga keltiruvchi og‘ir iqtisodiy davlat boshqaruvimizni isloh qilmas ekanmiz;
  • o‘z menejerlari va yuqori turuvchi korruptsiyalashgan amaldorlari tomonidan allaqachon “prixvatizatsiya” qilib bo‘lingan davlat korxonalarini xusiylashtirmas ekanmiz;
  • xatolik bois «sud», deb ataladigan sudlarimizni haqiqatan isloh qilmas ekanmiz;
  • qishloq aholisini majburiy davlat buyurtmalari va hokimlarning cheksiz hukmronligidan iborat feodal-krepostnoylik tizimidan ozod etmas ekanmiz O‘zbekiston kambag‘al davlatligicha qolaveradi.

Yuliy Yusupov,
iqtisodchi

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: