
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi
Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati Koronavirusga qarshi kurash shtab ma’lumotiga tayanib, ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan, ular barcha emlash ishlarini jadval va bosqichma-bosqich amalga oshiradi.
Respublika bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaktsina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi, — deyiladi xabarda.