O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentabr oyining boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

“Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz, sentabr oyi boshida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan”, — dedi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.

DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov imtihonlar bo‘ladigan kunlarga aniqlik kiritdi.

Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi. 14 kun davom etadi”, — dedi DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov.

“Stadionlarda kuzatuv kameralari, albatta, bo‘ladi. Har bir abituriyent va kuzatuvchilarning har bir xatti-harakati suratga olinadi va televideniye orqali berib boriladi.

Ichkaridagi holatga Davlat test markazi, imtihon topshiriladigan obyekt hududiga kirish jarayoni uchun huquqni muhofaza qilish organlari javob beradi”, — dedi Barno Rajabov.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: