O’zbekistonda tug’ilgan mashhur futbolchilar

yoxud Xadzipanagisdan Valdemargacha

Yurtimizda azaldan futbolga bo’lgan e’tibor yuqori bo’lgan va har yili hech bo’lmaganda bir futbolchi iqtidorini namoyish etgan holda, xorij klublari qiziqishiga sabab bo’lgan. Gennadiy Krasnitskiy, Mirjalol Qosimov, Maksim Shatskih, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov… bu nomlarni uzoq davom ettirishimiz mumkin. Biroq, siz O’zbekistonda tug’ilib, so’ng faoliyatini boshqa terma jamoa libosida o’tkazgan mashhur o’zbekistonlik sportchilar haqida bilasizmi? Biz quyida ular haqida ma’lumot beramiz.

VASILIS XADZIPANAGIS

Ushbu futbolchi 1954 yilda Toshkentda Gretsiyalik siyosiy immigrantlar
oilasida tavallud topgan. Futbolning ilk sir-asrorlarini “Dinamo” futbol maktabida o’rgangan. Bu yerda mahoratli futbolchilar yig’ilganligi bois, asosiy tarkibdan joy ololmaydi va 17 yoshida “Paxtakor” klubiga o’tadi va jamoaning asosiy tarkib o’yinchisiga aylanib oladi.
Yarim himoyachi debyut uchrashuvini Donetskning “Shaxtyor” klubiga qarshi o’tkazadi va buni gol bilan nishonlaydi. O’sha bahsda Paxtakorchilar 4:2 hisobida zafar quchishadi. Keyinchalik, 1975 yilda Vasilis Gretsiyaga ko’chib o’tadi va ushbu yurt terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror
qiladi. Biroq, u terma jamoa miqyosida yuqori natijalarni qayd eta olmaydi. Bunga sabab, Vasilis bu yerga kelgunga qadar SSSR terma jamoasi tarkibida Polshada bo’lib o’tgan turnirda ishtirok etadi va mezbonlarga qarshi bahs olib boradi. Gretsiyaga ko’chib o’tgach esa, o’rtoqlik o’yini doirasida aynan Polshaliklarga qarshi o’ynaydi. Raqiblar uni tanib qolishib, FIFAga arz qilishadi. O’sha paytda ikki terma jamoa sharafini himoya qilish man etilganligi bois, Xadzipanagis Gretsiya termasi safida o’ynashiga ruxsat berilmaydi. Yarim himoyachiga o’z vaqtida “Arsenal”, “Shtutgart” kabi klublar qiziqish bildirishadi. Ammo, bu transferga uning jamoasi sanalgan “Iraklis” rozilik bermaydi.

DIMITRIS MAVROGENIDIS

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 01-3-751x1024.jpg

Gretsiyada mashhur va O’zbekiston bilan bog’liq yana bir futbolchi. Ushbu
himoyachi 1976 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. Vasilisdan farqli o’laroq, Dimitris faoliyatini Gretsiyada boshlaydi. Terma jamoa miqyosida 24ta bahsda maydonga tushadi.

ANDREY PYATNITSKIY

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 01-4-1024x680.jpg

Andreyni to’liq xorijlik maqomiga kiritish qiyin. Chunki u yoshligidan
Toshkentda voyaga etgan, shu yerda futbol sirlarini o’rgangan. “Paxtakor” va SSKA jamoalari sharafini himoya qilgan. Sobiq Ittifoq parchalangan paytda u hamon “Paxtakor”da o’ynardi.
Milliy terma jamoamiz uchun 2 uchrashuvda maydonga tushib ulgurgandi ham. O’sha paytda unga “Spartak”dan taklif bo’ldi. Moskvaliklar barcha mamlakatlarning eng yaxshi futbolchilarini o’z tarkiblariga yig’ishni boshlashgandi. Bundan tashqari, Rossiya terma jamoasi ham shunday yo’l
tutib, terma jamoa avvalgi nomzodlar evaziga shakllantirilgan. Natijada Andrey “Spartak” va Rossiya terma jamoasini tanlagan. Moskva klubi safida u qator yutuqlarga erishib, yevrokuboklarda yodda qolarli uchrashuvlar o’tkazdi. Qolaversa, 1994 yil AQShda bo’lib o’tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Uning yordami o’zimizga ham foydali bo’lardi, biroq
Pyatnitskiy Rossiya uchun o’ynashni afzalroq bilgan.

PITER ODEMVINGI

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 01-5.jpg

Shubhasiz, Odemvingini O’zbekistonda tug’ilgan xorijlik eng mashhur
futbolchi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu hujumchi Toshkentda istiqomat qilgan nigeriyalik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. Futboldagi ilk saboqlarini u yurtimizda olgan. So’ng uning oilasi mamlakatiga qaytgan. Odemvingi faoliyatini mahalliy “Bendel” safida boshlaydi.
Piterning faoliyati Frantsiyaga ko’chib o’tgach, “Lill”da sezilarli darajada o’zgarib ketdi. Keyin uni “Lokomotiv” o’z safiga taklif etdi. Rossiya chempionatida Odemvingi muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Rossiyadan Angliyaga yo’l olgan hujumchi uch mavsum davomida “Vest Bromvich” sharafini himoya qildi. Qizig’i, Angliyada u Rossiyadagidan ko’proq gol muallifiga aylandi. Keyinroq u “Kardiff” va “Stok” jamoalarida o’ynadi. Oxirgi paytlarda quyi divizon klublarida to’p tepib kelmoqda. Nigeriya terma jamoasi safida Odemvingi 63 uchrashuv o’tkazgan. U har bir vaziyatda oxirigacha kurashishi bilan klublariga foyda keltirishga uringan. Tan olish lozim, bunday saviyadagi hujumchi bizga juda katta yordam bergan bo’lardi.

DIMITRIOS PAPADOPULOS

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 01-6.jpg

Gretsiyaning mashhur futbolchilaridan biri hisoblangan Dimitrios
Papadopulos Jizzaxda tavallud topgan. Faoliyatini esa Gretsiyada, “Akratitos” klubi tarkibida boshlagan. U faoliyati davomida “Lechche”, “Byornli”, “Dinamo Zagreb”, “Panatinaikos”, “Selta” va PAOK kabi mashhur jamoalari safida maydonga tushgan. Oxirgi marta “Asteras” safida o’yin
o’tkazdi. Gretsiya terma jamoasida sermahsulligi u qadar yuqori bo’lmagan. 22 uchrashuvda atigi 2 marta gol urish nasib etgan.

ANTON VALDEMAR

Ushbu futbolchi 1996 yil Toshkent viloyatida tavallud togan. Yoshligida oilasi bilan Germaniyaga ko’chib ketishgan. U futbolchilik faoliyatini mahalliy “Myulenberge” safida boshlaydi. Keyinchalik “Gannover” yoshlari safida ko’rinish beradi. 2016 yildan boshlab “Gannover” klubining asosiy tarkibiga maydonga tusha boshlaydi. 2016 yil may oyi oxirida Anton O’FF (hozirgi O’FA) mutaxassislarida qiziqish uyg’otadi. Bir muncha vaqt davomida Antonni milliy terma jamoamizga jalb qilish bo’yicha muzokaralar olib boriladi, ammo shundan so’ng bu xabarga oid biror ma’lumot OAVda berilmadi. Himoyachi 2016 yil iyul oyidagi intervyusida
Rossiya terma jamoasi tarkibida o’ynashni xohlayotganini ta’kidlaydi. Valdemar hozirga qadar Germaniya yoshlar jamoasi tarkibida 5 marotaba maydonga tushishga ulgurdi. Mutaxassislar uni kelajakda Germaniya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko’rishmoqda.

P.S BU nomlarni uzoq davom ettirishimiz mumkin. Biz esa eng saralarini tanlab oldik.

Suxrobjon SADIROV

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: