O‘zbekistondagi aloqa kompaniyalari iste’molchilarga 22,5 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgan

Beeline kompaniyasi tomonidan Xabardor bo‘l xizmatiga bepul ulangan iste’molchilardan (xizmat pullik ekanligi aytilmasdan) 20 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha haq olingan.

Al-chiroq aktsiyasiga ulangan Ucell abonentlariga haqiqatda pullik xizmatlar ko‘rsatilmasa-da, haq undirilgan va bu haqda iste’molchilar xabardor qilinmagan. Natijada, 337,900 abonentdan 97.4 mln so‘m ortiqcha mablag‘ olingan.

Ma’lum bo‘lishicha iyun-iyul oylarida respublika hududidagi 12 246 ta aholi yashash maskanlarida mobil aloqa qamrovi holati tahlil qilinganda, ularning 6,6 foizida – 2G, 56,8 foizida – 3G va 95,5 foizida — 4G aloqasi mavjud emasligi aniqlangan (tasavvur qilib ko‘ring, agar respublikaning barcha hududlari tahlil qilinadigan bo‘lsa, qanday ma’lumotlar kelib chiqadi?)

Shu bilan birga, 115 ta aholi yashash maskanida biror-bir mobil aloqa operatorining aloqa qamrovi mavjud emasligi, 313 ta yetib borish qiyin bo‘lgan aholi yashash maskanlarida umuman mobil aloqa qamrovi mavjud emasligi qayd etilgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: