O‘zbekistonga yana ayozli kunlar qaytmoqda.Harorat -10 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Yurtdoshlarimiz hafta avvalida bahoriy iliqlikka guvoh bo‘lishdi. Hafa yakunida esa qish qahratonini qayta his qilishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni 22 yanvardan ob-havo keskin sovishi kuzatiladi.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, Volgabo‘yi hududlaridan kirib kelayotgan sovuq antitsiklon mamlakatimiz hududlariga qor va ayozli kunlarni olib kelishi kutilmoqda.

23 yanvarda antitsiklon mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, lekin kuchli sovuq kuzatiladi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: