O‘zi qasr uyda yashab, kambag‘alni boshpanasini o‘zboshimcha, deb buzadiganlar bor bo‘lsin!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga 2021 yil uchun 150 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu o‘tgan yillarda ayrim respublikadan biriktirilgan vakillarni qistovi bilan hokimliklar bosh-ketiga qaramay fuqaro va tadbirkorlarning bino, inshoot va turar joylarini buzib yetkazilgan zararlar 2021 yilda ham to‘liq qoplanmay qolishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Katta ehtimol bilan ushbu mablag‘ yetmaydi…

Hurmatli vakil va hokimlarning «kompensatsiyani olasan, mana men kafil, siyosatga qarshi chiqma» degan va’daga ishonib harakat qilish joysiz, ishsiz qolishning muqarrarligini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda.
Yaxshiyamki qish bor. Buzilishlar to‘xtadi. Biroq oldinda bahor yana buzilish…

Rasul Kusherbayev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: