Prezident yig‘ilishida uchta tuman hokimini ishdan olishga ko‘rsatma berildi

Prezident boshchiligida bo‘lib o‘tayotgan selektorda Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi qo‘yildi.

Ushbu hokimlar ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ygan.

Shuningdek, Yozyovon, Uchtepa, Shofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar tanqid qilindi.

Bundan tashqari yaxshi natijalarga erishgan hududlar, xususan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Kitob tumani, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Uchquduq, Navbahor tumanlari va Zarafshon shahrida ko‘p ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: