Prokuraturadan deputatga chora ko‘rish so‘ralmoqda

Aslida deputat aholining turli shikoyatlari-yu, murojaatlarini o‘rganib, hal etadigan shaxs. Biroq deputatning ustidan prokurorga shikoyat tushsa, qiziq bo‘larkan…

Toshkent shahar 5-“Foziltepa” saylov okrugi deputati, O‘zLiDeP Uchtepa tuman Kengashi raisi Hakimov Ulug‘bek Asatullayevich ustidan tuman prokuraturasiga bir emas, ikkita shikoyat arizalari kelib tushgan. Ulardan birini O‘zLiDeP Uchtepa tumani Kengashi Deputatlik guruhi bilan ishlash bo‘yicha ijrochi kotibi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi yozgan. Uning qayd etishicha, uni O‘zLiDeP Uchtepa tuman Kengashi raisi Ulug‘bek Hakimov kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan. Ijrochi kotiba buning uchun deputatga chora ko‘rilishini so‘ragan.

Keyingi ariza egasi – O‘zLiDeP Uchtepa tuman Kengashi raisi o‘rinbosari esa Ulug‘bek Hakimov o‘z mansab vakolatini suiste’mol qilayotganini ta’kidlagan. Shikoyatda yozilishicha, Kengash raisi o‘rinbosarining ham sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilib, deputatlik odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.

Deputatni xalq saylar ekan, bunda avvalo nomzodning qaysidir namunaviy ishlari, tashabbuslari uchun ovoz beradi. Ammo, boshqalarga o‘rnak bo‘lish u yoqda tursin, o‘z tili, xatti-harakatlarini jilovlay olmaydigan deputatlar ham bor. Oppoq ko‘ylak va galstuk ortida yashiringan ma’naviyatsizlik esa deputatni xalqning ishonchli vakili maqomidan tushirib, qarg‘ishiga duchor qilishi hech gap emas. Shu sabab ba’zi deputat akalarga, hushyor bo‘ling, degimiz keldi.

Sayyora QODIROVA

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: