Prokuror nega deputatlarni ta’magirlikda ayblagan?

3-avgust kuni Andijon shahar hokimligida “Hafta davomida bajarilishi zarur bo‘lgan masalalar” bo‘yicha sektorlar va tashkilotlar rahbarlari, shahar Kengash deputatlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shahar prokurori Q.Asqarov tomonidan pandemiya paytida shahar Kengashining ayrim deputatlari shaharda tashkil etilgan postlarda, oziq-ovqat do‘konlari hamda dorixonalarni o‘rganish davomida ta’magirlik qilayotgani borasida so‘z yuritgan. Lekin aynan qaysi deputat, qachon, qanday usulda ta’magirlik qilayotganligi ochiqlanmagan. Bu haqda Andijon shahar Kengash deputat Jahongir Jiyanov ma‘lum qilgan.

Bugun “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si yig‘ilishida ushbu masala atroflicha muhokama qilingan hamda bu holat deputatlarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz deb baholangan.

Shahar prokrori Q.Asqarov

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 10-moddasiga ko‘ra, “Har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi”.

Deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga, xaqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o’zga tarzda javobgar bo‘ladilar”.

Ayni holat Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Biz prokurordan mazkur masala yuzasidan munosabat kutib qolamiz.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: