Qat’iy karantinga qaytishga asos yo‘q, lekin maktablar uchun ta’til muddati uzaytirilishi mumkin

«Agar bu yil ham karantin joriy qilinadigan bo‘lsa, o‘tgan yilgidan farq qiladi. Ko‘riladigan choralar ham o‘tgan yilgidek bo‘lmaydi, qat’iy karantin holatiga qaytiladi, deb o‘ylamayman,» — dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bergan intervyuda.

Kasallanish ko‘rsatkichlari asosan, so‘nggi 3 oy ichida past darajalarda bo‘lib keldi, hozir birmuncha yuqori bo‘lsa ham, bu karantin cheklovlarini kuchaytirishga asos bo‘ladigan darajada emasligini, kasallanish asosan Toshkent hududida ko‘proq qayd etilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

«O‘tgan yilgi pandemiya davrida Toshkent shahridagi umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 % bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 %dan ortib ketdi. Shuning uchun ham poytaxtning ayrim maktablari onlayn ta’limga o‘tkazildi. Mabodo vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ta’til muddatini uzaytirishni o‘ylab ko‘ramiz» — dedi Nurmat Otabekov.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: