Qirg‘iziston Prezidenti: «Jamiyatning og‘riqli nuqtalarni ko‘rsatib berishida hech qanday yomonlik ko‘rmayapman»

Esingizda bo‘lsa, Qirg‘izistonda oqin prezidentning qarshisida turib, korruptsiya haqida qo‘shiq kuylagani haqida yozgan edik. Prezident Sooronbay Jeenbekov intervyu berib, oqinning chiqishiga munosabat bildiribdi:

«Men oqinlarning o‘z chiqishlarida jamiyatning og‘riqli nuqtalarini ko‘rsatib berishida hech qanday yomonlik ko‘rmayapman. Biz barcha salbiy holatlarga qarshi faol kurash olib boryapmiz, bu vaqt talab etadi.

Menimcha, oqinlar faqat xalqning orzu-umidlarini hokimiyatga yetkazish bilan cheklanib qolmasligi kerak. Ularning vazifalaridan biri ham kerak bo‘lsa, tanqid qilish bilan rasmiylarga ta’sir o‘tkazishdir.

Ali Tutkuchev bunday imkoniyatga ega edi. Va u bundan foydalandi. Menimcha, u to‘g‘ri ish qildi».

P.S. So‘z erkinligi mana shunday himoya qilinadi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: