Qizg‘in muhokamadagi qonun loyihasi

Ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilishini talab etadi. Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinganiga 20 yildan oshdi. Tabiiyki, qonun normalari bugungi shiddatli islohotlarga hamohang emas.

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasi aynan sohadagi yutuq va kamchiliklar, jahondagi tajriba va tendentsiyalarni inobatga olgan holda takomillashtirilishi lozim.

Loyiha Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi huzurida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan bir necha oy davomida ikkinchi o‘qishga tayyorlandi. Bu jarayonda 238 ta normaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish oqibatida 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning o‘rniga 54 ta yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda kiritildi.

Qonun loyihasining yalpi majlisdagi muhokamasi 5 may kuni boshlanib, 3 kun davom etdi va deputatlarning keskin bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi. Xususan, “Milliy tiklanish” DP fraktsiyasi a’zolari ushbu qonun ta’lim sohasini tartibga solish bilan bir qatorda lozim topilsa, mazkur qonunni tarbiyaviy ahamiyatlar bilan bog‘lash, qonunni ta’lim va tarbiya to‘g‘risida deb nomlash, ta’lim standartlari normalariga ta’lim va tarbiya standartlari tushunchalari bilan boyitish kabi fikrlar ilgari surildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan qonun loyihasijagi xorijiy tushunchalarni o‘zbek tilidagi nomlar bilan atash taklifi berildi.Qonun loyihasida bir to‘xtamga kelish qiyin bo‘lgan bir qator normalar keskin bahs-munozoralarga sabab bo‘ldi.

Jumladan, ta’lim berish tili bilan bog‘liq modda havolaki tusda bo‘lib qolgani bois, deputatlar tomonidan uni qonun loyihasidan chiqarib tashlash taklif qilindi. Bu albatta, hujjatning havolaki normalardan holi bo‘lishi, amaliyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi huzuridagi ishchi guruhtomonidan siyosiy partiyalar fraktsiyalari a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni qonun loyihasida aks ettirish ustida ish olib borilmoqda.

Olimjon O‘SAROV
yurist, jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: