Qosim-Jomart Toqayev

Nima uchun mashhur?

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti. Siyosiy fanlar doktori. Rossiya biografik jamiyati tomonidan “Yil odami-2018” sovrindorlaridan biri. Bugun uning tug‘ilgan kuni.

Qanday mashhur bo‘lgan?

Qosim-Jomart Toqayev 1953 yil 17 may kuni Olma-otada tug‘ilgan (67 yosh). Otasi Kemel taniqli qozoq yozuvchisi, Qozoq SSR Oliy kengashi Prezidiumi a’zosi bo‘lgan. Qosim-Jomart o‘rta ma’lumotni Vladimir Jirinovskiy o‘qigan maktabda olgan. 1970 yil SSSR tashqi ishlar vazirligining MGIMOga o‘qishga kiradi. 1975 yildan Tashqi ishlar vazirligida (Singapur, Xitoy elchixonalarida) ishlay boshlaydi. 1994 yil Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi. 1999 yil Prezident farmoni bilan Bosh vazir bo‘ladi. Ammo 2002 yilda iste’foga chiqib, davlat kotibi — tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritadi. 2007 yil Qozog‘iston parlamenti Senati raisi etib saylanadi. 2011 yildan 2013 yilgacha BMTning Jenevadagi vakolatxonasi bosh direktori bo‘ladi. 2013 yildan 2019 yil 20 martgacha yana Qozog‘iston Parlamenti Senatining raisi vazifasini bajaradi. 2019 yil 20 martdan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi. 9 iyunda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti etib saylanadi. Prezident sifatida qilgan ilk ishlaridan biri Ostona shahrining nomini Nur-Sultonga o‘zgartirgan. Birinchi davlat tashrifini esa Rossiyaga amalga oshirgan. Qosim-Jomart shovqinni xush ko‘rmaydi, bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va sayr qilishni ma’qul ko‘radi. Stol tennisi uning sevimli sport turi. Rus, ingliz, xitoy va frantsuz tillarida bemalol so‘zlasha oladi. Rafiqasi Nadejda Toqayeva bilan ajrashgan. O‘g‘li Timur Toqayev yirik tadbirkor. Yoshligidan oilasida tug‘ilgan kun nishonlanmagani sabab bugun tavallud ayyomini o‘tkazmaydi. Bir necha daqiqa avval Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Mashhur nima deydi?

“Nursulton Nazarboyev 3,5 yil avval «Sen keyingi prezident bo‘lasan» deb aytgandi. Bu vaqt masalasi edi, biz kerakli onni tanlagandik”.“Tan olishim kerak, prezidentligimning ilk kunlarida o‘zimni g‘alati his qilganman, ayniqsa tadbirlarda. Hamma «prezident, prezident» deyishardi, men esa ortimga qayrilib, Nursulton Abishevich kelibdimi, deb o‘ylardim. Ammo yaxshi narsaga tez o‘rganar ekansan”.“To‘g‘ri, islohotlar kerak, ammo ularni sinchkovlik bilan o‘ylab ko‘rish ham kerak, aks holda ular faqat zararga ishlaydi”.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: