Qurbon hayiti haqida 5 fakt

#5_fakt

1. Qurbon hayiti – Iydul-Azho har yili takror kelgani va bu kunda Allohning ne’matlari bandalari uchun serob bo‘lgani bois uni “iyd” deb atashadi. “Al-Azha” esa “qurbonlik qilish”, degan ma’noni anglatadi. Bu bayram har yili odatda Zulhijja oyining o‘ninchi kuni, hajdan keyin, ya’ni hojilar Arafotda turganlaridan so‘ng nishonlanadi.

2. Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi o‘laroq to hayit namozini ado etilgunicha taomlanmaslik sunnat bo‘ladi.

3. Ushbu kun Ibrohim va Ismoil alayhimas-salomlar Allohning imtihonidan o‘tgan kunlar hisoblanadi.

4. Qurbonlik so‘yishning vaqti zulhijja oyining o‘ninchi kuni hayit namozi o‘qilgandan boshlab, o‘n ikkinchi kunining quyoshi botishidan sal oldinroqdir. Qurbonlik qilinadigan hayvonlardan qo‘y va echki bir yoshga, qoramol ikki yoshga, tuya besh yoshga to‘lgan va qusursiz bo‘lishi kerak. Qo‘y bilan echki bir kishi uchun, qoramol va tuya bir kishidan yetti kishigacha qurbonlikka so‘yiladi. Yetti kishi sherik bo‘lib so‘yilgan qurbonlik go‘shti yettiga bo‘linishi lozim.

5. Qurbonlik boy va muqim har bir musulmonga vojib ekan, boy deb qarzidan va asosiy ehtiyojlaridan boshqa nisob miqdori (85 gr tillo yoki shu qiymatdagi pul yoki mol)ga ega bo‘lgan odamga aytiladi. Nisob miqdori 2020 yil uchun 21.250.000 so‘m qilib belgilangan.

Sayyora Qodirova tayyorladi

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: