Rasul Kusherbayev: “Majburiylikning boshqacha ko‘rinishiga o‘tilyaptimi?”

Bir necha kundan buyon o‘qituvchilarning maktablarga dizenfektsiya va antiseptik vositalar olish yoki bunga homiylar topish masalasi ularga majburiy yuklatilayotgani haqida murojaatlar bo‘lmoqda. Bunday ishlar deyarli barcha viloyatlarda bo‘lmoqda ekan.

Nimalar bo‘lyapti o‘zi: o‘qituvchilarni majburiy mehnatdan xalos qilganmiz, deb quvonib yurganimizda majburiylikning boshqacha ko‘rinishiga o‘tilyaptimi?

Xullas, Xalq ta’limi vazirligi va viloyat hokimliklaridan bu «innovatsion tadbirga» asoslantirilgan tushuntirish berishlarini so‘raymiz.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: