Rayxon: “Shaxzoda bilan munosabatlarimiz yomonlashishi qora piar bo‘ldi, aslida”

Xonanda Rayxon G‘anieva bir vaqtlar yaqin dugonasi bo‘lmish xonanda Shaxzoda bilan munosabatlari yomonlashishini hali-hanuz tushuna olmaydi.

“Shaxzoda bilan avval yaqin dugonalar edik. Ammo hozir tadbirlarda, kontsert dasturlarida duch kelib qolsak, shunchaki salom-alik qilib o‘tib ketamiz, xolos. Bunga sabab nimaligini tushunmayman. Atrofdagilarning gap-so‘zlarimi, qora piarlarmi, xullas shu darajaga kelib qoldik. Menga bir muxlisim, xasta qiz xat yozdi. U saratonga chalinganini va Shaxzoda bilan duet kuylashimni chin dilidan istashini bayon qilibdi. Rosti, u qizning istagini amalga oshirishni men ham xohladim va Shaxzodaga birga duet kuylash taklifi bilan chiqdim. Ammo unga noto‘g‘ri yetkazishdimi yoki o‘zi xohlamadimi, taklifim rad etildi. Balki,  Shaxzoda ta’qiqqa tushgandan so‘ng u bilan bog‘lana olmaganim munosabatlarimiz darz ketishiga sabab bo‘lgandir. Shu-shu oramizdagi ko‘z ilg‘amas jarlik paydo bo‘ldi.”

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: