Savollar juda ko‘p: nega talabalar joy bilan ta’minlanmagan, nega kontraktlar qimmat, nega kvotalar kam va hokazo…

Alisher Qodirov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari:

Oliy ta’lim vazirini Hukumat soati doirasida tingladik. Savollar juda ko‘p: nega talabalar joy bilan ta’minlanmagan, nega kontraktlar qimmat, nega kvotalar kam va hokazo…

Oliygoh malakali va sifatli bilim berish xizmatini sotuvchi, maqsadi daromad ko‘rish bo‘lgan ta’lim maskanidir. Oliy ta’lim – qimmat mahsulot. Uni har tomonlama imkoniyati borlar, qobiliyat va pulni nazarda tutayapman, yaxshi ta’minlangan kelajakni yaratish uchun sotib oladi. Imkoniyati yo‘q, lekin qobiliyati bor yoshlarni davlat yoki biznes grant ajratish, homiylik qilish orqali o‘zi uchun o‘qitadi.

Oliygohni bitirgan talabalar o‘z bilimlari bilan oliygohni tekin targ‘ib qiluvchilardir. Oliygoh o‘z bozorini shunday yaratadi. Bunday talabalarni tayyorlash oliygohni raqobatbardosh qiladi.

Bu jarayon ham bozor iqtisodiyotidagidek, kimdir aralashsa tizim buziladi. Bizda oliy ta’lim tizimi qo‘lda boshqarilayapdi. Vazirdan har bir oliygohni yaxshi ishlashi uchun javob berishini talab qilayapmiz. Oliygohlar mustaqil, raqobatbardosh, sifat bilan natijaga ishlamasa vazirlar almashaveradi, muammolar qolaveradi.

Afsus, bugun oliygohlarimiz oliy ta’lim bozorida xatto qo‘shnilarimiz bilan ham raqobat qilishga qodir emas.

Oliygohlarni davlat tasarrufidan chiqarishni qancha tez boshlasak, shuncha tez sifatli mutaxassislarga ega bo‘lamiz.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: