Saylovchilar o‘z deputati faoliyatini kuzatib boradi va 5 ballik mezonda baholaydi

O‘zbekiston Respublikasi deputatlar portali internet tarmog‘ida deputat.gov.uz domeni ostida faoliyat yuritadi. Portal asosan aholi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u orqali portal saylovchiga uning Qonunchilik palatasidagi deputatini (saylovchining doimiy yashash manzili asosida) aniqlab beradi.

Saylovchi bevosita o‘z deputatiga murojaat yuborishi, onlayn chat orqali suhbatlashishi, shuningdek, deputat ayni paytda qaysi qonun loyihasi bilan band ekanligi, faoliyati bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan murojaat va so‘rov avtomatik tarzda Qonunchilik palatasi elektron hujjat aylanish tizimidagi deputatning shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Deputatning murojaat va so‘rovga javobi, murojaat asosidagi deputatlik so‘rovi saylovchi kabinetiga avtomatik tarzda yo‘naltiriladi.

Saylovchi deputatning javobini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi, ya’ni 5 ballik mezonda, deb xabar bermoqda Qonunchilik palatasi Axborot xizmati.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: