SES har kuni kamida 100 mln so‘mni talon-toroj qilyaptimi?

(Unday emas deb, umid qilamiz, lekin)
Har kuni SES xodimlari tomonidan talon-toroj holatlari haqidagi yangiliklarni o‘qib, shunday xayolga borasan:

Andijonda SES mansabdorlari 159 milliondan ortiq mablag‘ni talon-toroj qildi;
Toshkent viloyatida SES mas’ullari davlatga 397,6 million so‘mlik zarar keltirdi;
Namanganda SES mansabdorlari 248,9 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qildi;
Qashqadaryo SES mutasaddilari deyarli 918 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi;
Navoiyda SES mansabdorlari 200 milliondan ortiq pullar talon-taroj qildi.

Bu hali aniqlanganlari va jamoatchilikka ma’lum qilinganlari.

P.S. Fikrdoshimiz Husan Komiljonov ta’kidlaganidek,‎ koronavirusga qarshi birinchilardan bo‘lib kurashishi kerak bo‘lganlar «soqqa» qilish bilan ovora bo‘lsa, bizda bu kasallik bilan bog‘liq vaziyatning ijobiy tarafga o‘zgarishi qiyinlashaveradi…

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: