SH.Ismoilov: Onlayn ishlayotgan xodimning huquqlari

Onlayn ishlash, ya’ni xodimlarning masofadan turib o’z vazifasini bajarishi infektsiyaning oldini olishda hamda jamiyatda zarur jarayonlar davom etishida qo’l kelmoqda.

To’g’ri, mehnat qonunchiligida masofaviy ishlash bo’yicha normalar mavjud emas. Ammo Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni bilan bunga imkoniyat yaratildi. 

Farmonga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug’i bilan “Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o’tkazishning vaqtinchalik tartibi to’g’risidagi nizom” ishlab chiqildi.

Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarning roziligi bilan ularni masofaviy ish usulida ishlashga o’tkazishlari mumkin.
Xodimni bunday ish usuliga o’tkazish mehnat shartnomasini o’zgartirish hisoblanadi. Mehnat shartnomasiga masofaviy ish usulini qo’llash bo’yicha taraflarning kelishuviga ko’ra qo’shimchalar kiritiladi.

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o’z xohishiga ko’ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorida mehnat haqi to’lanadi.

Xodim masofaviy ishga o’tkazilganda uning ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.

SH.Ismoilov,
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: