Shaharlar onasi — makka haqida

1.Makka — arabcha so‘z bo‘lib, shaharlar onasi degan ma’noni bildiradi. Saudiya Arabistonidagi bu qadimiy shaharga qachon asos solingani noma’lum. Ilk bor Ptoleliy asarlarida Makoraba deb qayd qilingan. Milloddan avvalgi 2-1 ming yilliklarda Makka arab qabilalari uchun muqim joy hisoblangan. VII asrdan boshlab esa musulmonlarning muqaddas shahri, ziyoratgohiga aylangan.

2. 610 yil Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga Makka yaqinidagi Hiro g‘orida birinchi vahiy, ya’ni Qur’on oyati karimalari nozil bo‘lgan.

3. 622 yilda musulmon jamoasi Makka bilan raqobatlashib kelayotgan Yasrib, ya’ni Madina shahriga ko‘chib o‘tgach, 630 yil shahar musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Makkaga haj qilish esa islom dinining besh arkonlaridan biriga aylandi.

4. Ka’ba 624 yil qibla deb e’lon qilinganidan so‘ng Ka’ba tomon qarab ibodat qilina boshlandi Kuniga besh martta dunyodagi 500 millionga yaqin musulmonlar namozda Makka tomonga yuzlanadi. Har yili Saudiya Arabistoniga 4 million kishi haj safari qiladi.

5. Makka shahrida dunyodagi eng katta masjid — al-Masjid al-Haram joylashgan. Masjidda birdaniga 1,5 million inson namoz o‘qiy oladi. Bundan tashqari, ushbu masjid eng qimmatbaho (100 mlrd. ko‘proq) joy deb tan olingan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: