Shavkat Mirziyoyevdan 7 haqiqat

2018 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk marta intervyu berib, «Janob Prezident» filmida ishtirok etgan edi. Filmda Shavkat Mirziyoyev birinchi marta oiladagi munosabatlari, hayot va ishdagi falsafasi haqida so‘zlab bergan. Maqolada shulardan eng yorqin 7 fikr sizga havola etiladi.

1. Men o‘zimga mukammal, bir katta reja qo‘yardim. Rejam shunday ediki, har safar o‘zimni ustimda izlanish, ishlash!

2.Xalqimiz juda ko‘p-ko‘p og‘ir vaqtlarni ko‘rdi, og‘ir sinovlarni ko‘rdi, juda ko‘p xatolarni ham hayotida o‘zining namunasini ko‘rdi. Nima uchun biz, mana shu, Prezident qabulxonasini ochdik? Xato kam bo‘lishi uchun. Agar xalq bilan maslahat qilib, bamaslahat ish qilsak, ana shu, ham tashqi siyosatda, ham ichki siyosatda, xato kamroq bo‘ladi.

3.Avvalambor, qishloqdagi hayotimizni hozirgi zamon talabiga mos qilib, odamlarimizning orzu-niyatlarini, odamlarimizning muammolarini, agar joyiga biz, qo‘ymas ekanmiz, odamlarni ishontirish qiyin bo‘ladi.

4.E’tiborning eng katta zamini, fundamenti – maktabgacha ta’lim-tarbiya. Maktabda xato bo‘lishi mumkin, kollejda xato bo‘lishi mumkin, oliygohda ham xato bo‘lishi mumkin, lekin shu xatolarni to‘g‘irlashning bitta-yu, bitta, yagona yo‘li – maktabgacha ta’lim-tarbiyaga ahamiyat berish.

5.Hozir jurnalistlar ro‘y-rost gapiryapti. Hamma kamchiliklarni ochib beryapti, hech kim hozir, unaqa oldingiday, qandaydir tanbeh, oldingiday mumkin, mumkin emas, degan narsalar yo‘q. Albatta, bu sohada ham, avvalambor, jurnalistlarning ham saviyasi baland bo‘lishi kerak. Shu bilan birga xalqimizning ham saviyasi o‘sishi kerak.

6.Hamma rahbarlar ham hozirgi xalqimizning talabi asosida ishlashga tayyor emas. Mana shularning dunyoqarashini o‘zgartirish, xalqimizga munosib xizmat qildirish va qilish – mening eng katta vazifam. Hech qachon xato qilishga haqim, shaxsan mening ham, yo‘q. Hozirgi rahbariyatning ham haqi yo‘q.

7.Qayerda ishlashingdan qat’iy nazar, kim bo‘lishingdan qat’iy nazar, agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, oilada tarbiyaga alohida e’tibor bermasang, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun, men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nabiramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, niyatini bilaman, istagini bilaman. Odam baxtliman deyishga qachon haqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtli deyishga sening haqing bor. Faqat oilam baxtli bo‘lishi emas, xalqim baxtli bo‘lsa, men o‘zimni baxtli, deb bilaman.

manba

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: