Shifokor: Terilarimiz bujmayib, hatto, badanlarimiz toshmalarga to’ladi

“14 kunlik xizmatda kun davomida 3 qavat qo’lqop, 3 qavat niqob, tibbiyot ko’zoynagi va yana egnimizda 2 qavat xalat kiygan holda xizmatda bo’ldik. Navbatchilik almashguncha ovqatlanish, suv ichish yoki tashqarilash hayotimiz uchun xavfli. Ammo terilarimiz bujmayib, hatto, badanlarimiz toshmalarga to’ladi. Sabr qilishga majburmiz. Chunki shu kasbni tanlaganmiz. Bitta kasal tuzalganda, og’riqlarni unutamiz…”, dedi tanish shifokorlardan biri.

Ularni his qilish uchun 3 qavat tibbiy niqob, 2 qavat qo’lqop, 2 qavat yengil va yengli uy xalati, ko’zoynak va tomog’im bilan boshimga ro’mol o’radim. So’ng uy yumushlari bilan harakatda bo’ldim… Bor-yo’g’i, 19 daqiqagina sabrim yetdi. Egnimdagilarni yechdim. Bir muddat chuqur nafas oldim. Avvaliga unsiz, birozdan keyin baqirib yig’lab yubordim…
Boringizga shukur, shifokorlar!

P.S. Ularning haqi o’z vaqtida to’lanmayotgani haqida eshitib esa qattiq xafa bo’ldim.

Laylo Xayitova

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: