SSSRning «yuzini ochib tashlagan» jurnalist

1933 yil 28 mart kuni Buyuk Britaniyalik jurnalist, muxbir Garet Jons AQShning «New York Evening Post» va Angliyaning «Manchester Guardian» gazetalarida SSSRda, to‘g‘rirog‘i Ukraina SSRda bo‘layotgan daxshatli ocharchilik xaqida katta maqola chiqaradi.

Garet Jons shaxsan o‘zi Ukrainada bo‘lib, yashirincha fotolavhalar va mahalliy aholidan olgan suxbat intervyularini, avstriyalik injener Vinnerberg yordamida Sovet Ittifoqidan yashirin yo‘l bilan olib chiqib ketolgandi. Bolsheviklar qilayotgan jinoyatlar ashyoviy dalillar bilan isbotlangandi. Stalin SSSRni xalqaro obro‘si to‘kilganidan nixoyatda g‘azabda edi, u sovet mafkurachilariga axvolni qanday bo‘lmasin to‘g‘rilashni buyuradi.

Mashxur Bernard Shou Moskvaga taklif etiladi. «Inturist» mexmonxonasidagi lyuks xonalar, partiya bosslari (Kreml bonzalari), Moskvani eng yaxshi restoranlari, baliq, ikra, arman konyaklari xullas hamma narsa muhayyo va xamma atrofida parvonayu falak. Bernard Shou Garet Jonsni ayblab chiqadi. «New Times»ning Moskva bo‘limi rahbari Volter Dyuranti va yana bir amerika gazetasi «United Press» muxbiri Yudjin Layonelar ham Garet Jonsni qattiq tanqid qilib chiqadilar va uni yolg‘onchilikda ayblaydilar. Eng qizig‘i bu ikkala jurnalist o‘z xamkasblari Garet Jonsni xaq ekanligini bilishardi. Ammo bolsheviklar bergan akkerditatsiya, quyuq ziyofatlar, sovg‘a-salomlar o‘z ishini qilgandi.

Bolsheviklar kompensatsiya tariqasida bu ikkala jurnalistga «Moskva-Vik» sud jarayonini yoritishga xam ruxsat berishadi. Xullas, AQSh va Yevropa gazetalarida Garet Jonsni yolg‘onchilikda, hayp qilganlikda, SSSRda iqtisodiy ahvol unchalik yomon emasligi xaqida bir nechta maqolalar chiqadi. Ammo tarix shuni ko‘rsatdiki, xaqiqatparvar o‘z vijdoni oldida toza bo‘lib qolgan Garet Jons haq bo‘lib chiqdi. Yudjin Layone keyinchalik o‘zini noxaq bo‘lganini aytib, go‘yo vijdoni oldida o‘zini oqlab oladi.

Jonsni ayblab chiqqan Layone 86 yil, Dyuranti esa 71 yil umr ko‘rdilar va bekamu ko‘st yashadilar. Afsus shunday moslashuvchan uchar odamlar ko‘p yashaydi. Jonsga o‘xshagan vijdonli halol va haqgo‘ylarni esa taqdirlari ko‘pincha fojeali bo‘ladi.

1935-yilda Ichki Mongoliyaga safar qilgan Garet Jonni o‘g‘irlab ketadilar va o‘ldiradilar. Bu sirli qotillik kim tomonidan qilingani haligacha noma’lum. Ko‘pchilikni fikriga ko‘ra, bu qora ishda bolsheviklarni qo‘li bo‘lishi ehtimoli katta. Bolsheviklar o‘ch olishga juda usta edi.

Jons taqdiri xaqida yaqinda Ukraina respublikasi qiziqib qoldi. Ukrainani yangi demokratik prezidenti Zelenskiy buyuk jurnalist, xaqiqiy inson Garet Jonsga Kiyevda xaykal qo‘yishga buyruq berdi. Ana shunaqa. Haqiqat baribir bir kunmas bir kun qaror topadi.

Ixtiyor Esanov

P.S. Haqiqatni yuzaga chiqarib, xatolarni tuzatishga urinmoqchi bo‘lgan jurnalist ko‘p malomatga qoladi. Ularga qarshi kampaniyalar qilinib, haqiqat berkitiladi. Yolg‘on faktlar o‘rtaga chiqariladi. Bu ishda hozir trollardan foydalanilmoqda. Aslida, ular xalqning dushmanlaridir.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: