Suv omborlari va ofatlari haqida

1.Mamlakatimizda umumiy hajmi 19,2 mlrd kub metr bo‘lgan 55 ta suv ombori mavjud. «Sardoba» suv ombori 2017 yilda barpo etilgan. Suv omborining hajmi 922 million kub metr, balandligi 28,8 metr.

2. 1975 yili Xitoydagi Bantsyao va Shimantan suv omborlarida tayfun tufayli halokat sodir bo‘lgan. Tarixda eng ko‘p o‘limlarga sababchi bo‘lgan mazkur halokat oqibatida 171 ming inson vafot etgan, 11 million fuqaro uysiz qolgan.

3. Ikkinchi jahon urushida (1943) Buyuk Britaniya Germaniyaning 2 ta suv omborini portlatadi. Natijada 2 mingdan ortiq inson vafot etadi.

4. Sayano-Shushenskaya GESi Rossiyadagi eng baland to‘g‘onga ega. 2009 yili makur suv omborida ro‘y bergan texnogen ofat Chernobil fojeasidan ham ko‘proq iqtisodiy zarar keltirgan.

5. Italiyadagi Vayont suv ombori toshqinidan avvalgi va keyingi qishloq tasviri.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: