Svet o‘chganda hududiy dispetcherni so‘kish to‘g‘ri emas, u yo‘q narsani bera olmaydi – Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev

Biz ham shu yurtning farzandimiz, hamma gaplardan xabardormiz, nahotki bunday murojaatlardan bexabar bo‘lsak? Gap shundaki, bir necha yillar oldin vaziyat bundan-da og‘ir bo‘lgan, lekin odamlarda hozirgidek murojaat qilishning keng imkoniyatlari bo‘lmagan. Ya’ni murojaatlarning ko‘pligi muammoning keskin ko‘payganini anglatmaydi, iste’molchilarning bu boradagi huquqiy ongi o‘sayotganidan dalolat. Bu javobim ham yetishmovchiliklarni oqlamaydi, shunchaki mavjud vaziyatni tushuntiryapman. Ko‘pchilik bizni kabinetdan chiqmaslikda, mavjud vaziyatni bilmaslikda ayblaydi. Holbuki, asosiy vaqtimiz joylarda, ishlab chiqarish ob’yektlarida o‘tadi.

Elektr energiyasi shunday mahsulotki, uni saqlab bo‘lmaydi. Ishlab chiqarildimi, darhol iste’mol qilinishi kerak. Ya’ni biz uni qayerdadir yashirib saqlab qo‘ya olmaymiz. Jaydari til bilan aytganda, “svet” o‘chganda ko‘pchilik hududiy elektr tarmoqlari operatorini so‘kadi. Ammo ularda ayb yo‘q, aslida yo‘q narsani ular topib bera olishmaydi. Sovuq kunlarda iste’mol karrasiga oshadi, bizning aksariyat uylarimiz, binolarimizda isitish qoloq darajada. Hamma elektr isitkichlarni yoqadi, yuklama keskin ortadi. Bu esa tizimning dosh bera olmasligiga olib keladi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: