Senatorlarga yuborilgan savolimizga Tanzila Narbayeva javob berdi (1-qism)

Xabaringiz bor, Fikrat.uz senatorlarga savol bilan murojaat qildi:
“Senatning ertangi majlisida «Sardoba» suv ombori talofatlari bo‘yicha hukumatdan so‘rov bo‘ladimi?”

To‘g‘ri, hukumatga so‘rov bo‘lmadi! Ammo murojatimiz ham javobsiz qolmadi. Senat raisi Tanzila Norboyeva yuqori palataning to‘rtinchi yalpi majlisida bu masalasiga alohida to‘xtalib, o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Senat hukumatdan bugungi majlisda Sardoba masalasida so‘rov qiladimi, deb so‘rashyapti. Bunga aytishim mumkinki, davlat rahbari bir necha marta e’lon qildilar, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, hozir tergov ishlari olib borilyapti. Bu masala davlat rahbarining shaxsiy nazoratida. Qayerda korruptsiya bo‘lgan bo‘lsa, qayerda qonun buzilishi bo‘lsa, hammasiga, albatta, chora ko‘riladi.
Muammolar hammasi o‘zimizniki, hal qilishda ham faqat o‘zimiz hal qilamiz. Shu paytda xalqning uyushganini, bir-birini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rdik, biz rahbarlar ham uyushib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, xalq muammolarini hal qilishda huquq-tartibot organlariga yordam berishimiz kerak.
Agar huquq-tartibot idoralarida ham muammolar bo‘lsa, ularda ham besh qo‘l baravar emas, buning ham choralarini birgalikda ko‘rishimiz kerak bo‘ladi».

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: