«Tarbiya» soatlarida Shayxning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan dars o‘tish kerak

Atrofdagi turfa insonlarni kuzatar ekansiz, ularning xatti-harakati, qilayotgan ishlari-yu, aytayotgan gaplariga e’tibor berib barchasi odamning tarbiyasi, odob-axloqiga bog‘liq ekaniga amin bo‘lasiz. Shunday ekan, bu masalaga maktabda ham, oilada ham katta ahamiyat qaratilishi lozim.

Ramazon suhbatlarida eshitganimday, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” degan kitoblari bor. O‘sha kitobni har birimiz o‘qib chiqishimiz, kerak bo‘lsa, darslik tarzida maktabda ham yangi joriy etilayotgan “Tarbiya” darslarida o‘quvchilarga o‘qitishimiz kerak. Mazkur kitobda suv ichishdan tortib ovqatlanishgacha, telefonda gaplashish odobi deysizmi, ustozni hurmat qilish odobi va yo‘l odobi kabi barcha odob-axloq turlari, qoidalari aytib o‘tilgan.

Shularni o‘qigan o‘quvchi keyinchalik halol-xaromni farqlab, yurt boshiga tashvish kelganda foydalanib qolish o‘rniga xalqqa yordam berish kerakligini tushunib yetarmidi? Zero, tarbiyali, odob-axloqli kishilargina har qanday sharoitda yurtga sodiq va tayanch bo‘la olishadi.

Nargiza Tojiboyeva

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: