Tibbiyot niqobi haqida 5 fakt

1. Tibbiyot niqobining ilk ko‘rinishi O‘rta asrlarda Yevropada vabo epedemiyasi paytida paydo bo‘lgan, deb hisoblash mumkin. Charmdan tayyorlangan tumshuqsimon bu niqob aromatik tuzlar, shifobahsh o‘tlar va sarimsoq bilan to‘ldirilgan. Bu esa shifokorni badbo‘y hiddan himoyalash bilan birga niqob ichida antibakterial muhitni yaratishga xizmat qilgan.

2. XIX asrning boshlarida esa niqob sifatida bint ishlatila boshlangan. XX asrning boshlarida o‘n sakkiz oy davom etgan ispan gripi epidemiyasi vaqtida paxta filtridan tayyorlangan niqoblardan foydalananildi. Shu asrning oxiridan esa polimer tolali materiallardan tayyorlangan bir martalik niqoblarni qo‘llash tibbiyot xodimlari uchun deyarlik majburiy hisoblana boshlandi.

3. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada pandemiyadan ancha yillar avval ham aholi bir yil davomida 5,5 milliard niqob ishlatgan. Bu esa har bir fuqaroga o‘rta hisobda 43 donadan to‘g‘ri kelgan.

4. Tadqiqotlarga ko‘ra, bir soat mobaynida inson yuziga o‘rtacha 23 marta qo‘l tekizar ekan. Shu bois hozirda yuz niqoblari ham ishlab chiqarila boshlangan.

5. Massachusets Texnologiya instituti tadqiqotchilarining aniqlashicha, odam yo‘tal yoki aksiriq bilan nafas chiqarganda kichik va tez harakat qiluvchi gaz buluti paydo bo‘lib, u turli hajmdagi suyuqlik tomchilariga ega bo‘ladi. Bu tomchilarning eng kichigi o‘sha bulut ichida uzoq masofaga safar qilishi mumkin. Laboratoriya sharoitlarida olib borilgan bu ilmiy ish yo‘tal suyuqligi 6 metrgacha, ancha yuqoriroq kuch bilan chiqadigan aksiriq suyuqligi esa 8 metrgacha otilishi mumkinligini aniqladi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: