Tiklanish uchun yangi g‘oyalar kerak

Sodiq Safoyev,O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari:

— Tadbirkorlar va ishbilarmonlarga murojaat qilmoqchimanki, har qanday inqiroz bu yangi rivojning zamiridir. Kelajakda qayta tiklanish uchun yangi g‘oyalarni o‘ylashingiz kerak. Chunki, ertaga jahon bozorida vaziyat o‘zgaradi, yangi talablar bo‘ladi.

Hukumatimiz tomonidan soliq va kredit qarzlari borasida yordam berilmoqda. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak.

Ishonamanki, bugungi inqiroz, ertaga rivojlanishingiz uchun zamin bo‘ladi.

Fuqarolarimizga shuni aytmoqchimanki, bugun biz dadil bo‘lishimiz kerak. Bilishimiz kerakki, yurtimiz bu sinovlardan, albatta, o‘tadi.

Buning uchun biz, intizomga rioya qilib, andishani chetga surgan holda oila a’zolarimiz va mahallamiz uchun talabchanlikni ilgari surishimiz kerak. Biz bu inqirozdan albatta o‘tamiz.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: