«Tonirovka»dan undirilgan to‘lovlarni faqat IIV vazirligi moddiy- texnik bazasini mustahkamlash uchun yo‘naltirish bu insofsizlik

Avtomobil yon oynalarini qoraytirish (tonirovka ) uchun to‘lovlarni faqat IIV vazirligi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun yo‘naltirish bu insofsizlikdan boshqa narsa emas, deb hisoblayman.

Axir har yil davlat byudjetidan tizim faoliyatini samarali tashkil etish uchun katta mablag‘ ajratib borilmoqda-ku…

Men masalaning boshqa jihatiga ham e’tibor qaratmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 Iyuldagi qarorida barcha yengil avtotransport vositalariga nisbatan tegishli to‘lov belgilangan. Korxona, tashkilotlar va fuqarolar tegishli to‘lovni amalga oshirgachgina tonirovkaga ruxsat beriladi.

Endi aytmoqchi bo‘lgan fikrim, huquqni muhofaza qilish, yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, ko‘chalarda IIV tizimida foydalaniladigan xizmat avtomobillarning ba’zilarida ham yon oynalari qoraytirilganligiga ko‘zimiz tushadi.

Ular ham ijro hokimiyatining qaroriga amal qilishmoqdami? Ular ham tegishli to‘lovni amalga oshirishganmi?

Bu savollarga ham oydinlik kiritilishi lozim, deb hisoblayman. – deydi deputat Abdumalik Akramov

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: