Toshkentda yangi BMB Za’faron brendi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ma’lumki, O‘zbekistonning qulay tuproq-iqlim sharoiti dorivor o‘simliklarning qimmatli turlarini yetishtirishda to‘g‘ri keladi.

Sharqning buyuk tabibi Abu Ali Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida za’faron 100 dan ortiq turdagi kasalliklarni davolashda ishlatilishini ta’kidlagan.

Respublikamizda birinchi za’faron plantatsiyalari 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan paydo bo‘lgan.

Muhtaram yurtboshimizning 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-sonli “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani mazo‘kur soxani yanada rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar joriy etdi.

BMB ZA’FARON yangi brendi uchun za’faron plantatsiyalari BMB SHIFO sho‘’ba korxonasi tomonidan 2020 yilning yoz oyida yaratilgan. Jizzax viloyatining Baxmal tumanida dorivor o‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan mazkur korxona mamlakatimizning eng qulay va ekologik toza hududlaridan birida faoliyat olib boradi.

2021 yilning 5 fevral kuni BMB Trade Group kompaniyasi poytaxtimizdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida davlat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida za’faron maxsulotining BMB ZA’FARON brendi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

BMB Trade Group kompaniyasining za’faron mahsulotlari mahalliy mutaxassislar tomonidan yuqori baxolanib, tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: