To‘y haqida 5_fakt

1.Kiprlik ayol 2018 yili turmushga chiqayotganida uning ko‘p yillik orzusi amalga oshdi. U kelinlik yoping‘ichining uzunligi bilan Ginnesning Rekordlar kitobidan o‘rin egalladi. Uzunligi deyarli 7 kilometrga teng bu yoping‘ich 63 ta futbol maydonini qoplashga yetadi.

2. AQShda har yili 17 tonna oltin nikoh uzuklarini yasash uchun ishlatiladi.

3. Dunyodagi eng qimmat to‘y 1981 yil Dubayda bo‘lib o‘tgan. Naq 44 million dollar Shayx Rashid bin Said Al Maktumning o‘g‘li uylanganda bir kun uchun sarflab yuborilgan edi.

4. Qirolicha Viktoriyaning nikoh kuni sharafiga tayyorlangan tortning og‘irligi 136 kilogrammdan ortiq edi.

5. Kelinlarning oq ko‘ylak kiyish an’analarini ham birinchi bor qirolicha Viktoriya boshlab bergan. 1840 yilda shahzoda Albertga turmushga chiqayotganida qimmatbaho oppoq ko‘ylak kiyib chiqadi. Barcha o‘ylaganidek poklikni ifodalash maqsadida emas, mana shu hashamatli ko‘ylak faqat bir marotaba kiyish uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatish niyatida shu rang tanlangan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: