Tramp «Biz shunday qurollarga egamizki…»

Amerika Qo‘shma Shtatlarida hech kim bilmagan qurol tizimlari mavjud. Bu haqda Amerika Prezidenti Donald Tramp kecha, 10 sentyabr kuni Michigan shtatiga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlarga aytdi.

«Bizda ajoyib qurollar bor. Men maxfiy ma’lumotlar haqida emas, balki biz yaratgan narsalar haqida gapiryapman. Biz ajoyib qurollarni yaratmoqdamiz. Ularga so‘nggi 3,5 yil ichida 2,5 trillion dollar sarfladik. Endi bizda yangi raketalar bor. Umid qilamanki, bizda ularni ishlatishimizga hojat bo‘lmaydi.

Bizda hech kim bilmaydigan ba’zi tizimlar bor. Rostini aytganda, bu shunday tarzda davom etsa, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Bizdagi tizimlardan Xitoy rahbari Si Szinpinda ham, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinda ham yo‘q. Ular maxfiy harbiy ma’lumot beryaptimi? Yo‘q, men aytmoqchimanki, biz dunyodagi eng katta qurolga egamiz», deydi AQSh Prezidenti.

Jurnalistlar Trampga Xitoy va Rossiya rahbarlari bu sirni yashirayotgan bo‘lishlari ham mumkinligini aytganda, Tramp «Bu xavotir olishingizga arzimaydi, ular kasal», deb javob berdi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: