Transport vazirligining qarori Prezident qarorini inkor etmoqda

Transport vazirligi Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etish to‘g‘risidagi qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini inkor etmoqda.

Negaki, Prezidentning mazkur qarori 5-bandiga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi.
Endi savol tug‘iladi: Transport vazirligi ushbu holatni qanday izohlaydi?

Kecha Transport vazirligi vakillari OAVdagi targ‘ibot chiqishlarida ushbu tartibni bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infektsiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida tashkil etilganligi bilan izohladi.

Aslida ham, shundaymi?

Jamoat transportida tibbiy qo‘lqopda bo‘lish tartibi, haqiqatdan ham, kasallik xavfini kamaytiradimi yoki pandemiya tufayli murakkab vaziyatdagi byudjetga, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazadimi?

Xo‘sh, qo‘lqop kiyish kasallik xavfini kamaytiradimi?

JSST bu savolga YO‘Q deya javob berdi. Qo‘lqop bilan yuzalarni ushlagandan so‘ng unga yopishgan virus bilan boshqa yuzalar ushlangach, virus yuqtirish xavfi kamaymaydi. Qo‘llarni tez-tez yuvib turish, antiseptik vositalardan foydalanish samaraliroq bo‘lishi ta’kidlanmoqda. JSST bu savolga YO‘Q deya javob berdi. Qo‘lqop bilan yuzalarni ushlagandan so‘ng unga yopishgan virus bilan boshqa yuzalar ushlangach, virus yuqtirish xavfi kamaymaydi. Qo‘llarni tez-tez yuvib turish, antiseptik vositalardan foydalanish samaraliroq bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Demak, qo‘lqop kiyish ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Shunda ortiqcha chiqindi ham bo‘lmaydi, qolaversa, qo‘lqoplar bepul berilmayapti, aksincha, bu pullar “oy yakuni bo‘yicha u yerga ketgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi”.

Qolaversa, Transport vazirligi qarorida qayd etilganidek, yo‘lovchilarga tibbiy qo‘lqoplar emas, oddiy polietilen qo‘lqoplar tarqatilyapti. Demak, bu o‘rinda ham aldashdi yoki yana byudjetdan kattaroq mablag‘ o‘marlishidan umidvor.

Ha, aytgancha birgina Toshkent metropolitenining o‘zi bir kunda 270-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatar ekan, endi buyog‘ini tasavvur qilavering. JSST bu savolga YO‘Q deya javob berdi. Qo‘lqop bilan yuzalarni ushlagandan so‘ng unga yopishgan virus bilan boshqa yuzalar ushlangach, virus yuqtirish xavfi kamaymaydi. Qo‘llarni tez-tez yuvib turish, antiseptik vositalardan foydalanish samaraliroq bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Demak, qo‘lqop kiyish ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Shunda ortiqcha chiqindi ham bo‘lmaydi, qolaversa, qo‘lqoplar bepul berilmayapti, aksincha, bu pullar byudjetdan olinadi. Ha, aytgancha birgina Toshkent metropolitenining o‘zi bir kunda 270-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatar ekan, endi buyog‘ini tasavvur qilavering.

Aslida ham, shundaymi? Xo‘sh, qo‘lqop kiyish kasallik xavfini kamaytiradimi?

Olimjon O‘sarov,
Huquqshunos-jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: