Turkiya parlamentida mushtlashuv

yoxud biznikilardan o‘rnak olishsa bo‘lmaydimi?

Turkiya parlamentining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar mushtlashib ketdi. Mushtlashuvni Respublika xalq partiyasi (RXP) a’zosi Engin Ozkoch boshlagan. U Suriyada turk harbiylarining halok bo‘layotganidan norozi bo‘lib, hukumat sha’niga nomaqbul gaplarni gapirgan.

Shundan so‘ng tribunaga Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) vakillari yugurib chiqishgan va mushlashuv boshlangan. Voqea yuzasidan ATP liderlaridan biri Numan Kurtmish Engin Ozkoch ochiq sud qilinishi kerakligini ta’kidlagan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra “Ozkoch ishi” bo‘yicha tekshiruv boshlangan.

Xabarni o‘qigach, bizning parlamentda Ozkach afandi singari odobsiz deputatlar yo‘qligiga shukr qildim. Bizning deputatlarning borligi ham yo‘qligi ham sezilmaydi. “Katta siyosat”ga-ku umuman aralashmaydi. Biror muammoni Prezident gapirmaguncha, jimgina o‘tiraverishadi.

Prezidentdan keyin o‘zlaridan sher yasashlari yoqadi-da menga. “Ishlamagan ekanmiz”, “Mudrab yotgan ekanmiz”, “Endi oldimizga aniq maqsadlar qo‘ydik”, “Yo‘l xaritasi ishlab chiqdik” kabi gap so‘zlarni tutilmasdan, bexato aytishadi-da. Ungacha “xalq muammolarini hal etyapmiz”, deb birovga gazbalon olib berib, selfiga tushishni, “kam ta’minlarga yordam qilyapmiz”, deb birovning uyiga tovuq ko‘tarib borishni ham qotirishdi. Engin Ozkachni bizning deputatlarga o‘xshab odobli bo‘lishga chaqiramiz.

Hasan SALOMOV,
jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: