Turkiya prezidenti Erdog‘an haqida 5 fakt

Bugun Rejep Tayyip Erdog‘an janoblarining tavallud kuni.

1. Oilasining iqtisodiy kamchiliklari sabab maktab davrida non va limonad sotishga majbur bo‘lgan.

2. Ijtimoiy tarmoqlarni, asosan Twitterni ko‘p tanqid qilgan. Turkiyada Facebook va Twitterni bloklab qo‘yishgan vaqtlar ham bo‘lgan.

3. Yoshligida mohir futbolchi sifatida 1969 yildan 1982 yilgacha «Kasimpasha», «Erok Spor», «IETT Spor Kulubu» klublari safida to‘p surgan.

4.»Adolat va taraqqiyot» partiyasining asoschisi hisoblanib, 1997 yili Islom diniga dav’at qiluvchi 5 qator she’ri uchun 4 oy 12 kun ozodlikdan mahrum etilgan.

5. Uning nomidagi Oq-Saroy 1000 xonaga ega bo‘lib, kattaligi jihatidan Kreml va Oq Uydan oldinda. Binoni qurish uchun 615 mln. dollar sarflangan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: