Turkiya yaqin orada yana sayyohlar uchun yopilishi mumkin

Turkiya hukumati mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli xalqaro safarlarga cheklovlar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Buning natijasida Turkiya noyabr yoki dekabrdan sayyohlar uchun yopilishi mumkin.

Daily Hürriyet nashrining xabar berishicha, Turkiya hukumati mahalliy aholi va sayyohlar uchun yangi choralar ishlab chiqishni boshladi. Cheklovlar birinchi navbatda yirik sayyohlik markazlari, jumladan Istanbulga taalluqli bo‘ladi.

“Virusga qarshi kurash bo‘yicha yangi qarorlar vaziyatga qarab qabul qilinishi mumkin. Bu jarayon doirasida ba’zi choralar qabul qilinishi, boshqalari esa bekor qilinishi mumkin”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, ommaviy tadbirlarni bekor qilish, dam olish kunlari komendantlik soati kiritish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, hukumat koronavirus tarqalishini to‘xtatish chorasi sifatida keyingi bosqichda shaharlararo va xalqaro safarlarga cheklovlar kiritishni muhokama qilmoqda.

Yangi choralarning kiritilishi Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy kengashining 28 oktyabrdagi yig‘ilishida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: