Turkiyada kuchli zilzila qayd etildi

Turkiya g‘arbida 6,6 magnitudali zizlila qayd etildi. RIA Novostining mamlakat Favqulotda vaziyatlar va tabiiy ofatlar agentligi (AFAD) ma’lumotlariga asolanib xabar berishicha, zilzila markazi Izmir provintsiyasining Seferlixisar shahrida joylashgan.

Zilzila mamlakatning g‘arbidagi bir qancha provintsiyalarida va Istanbulda ham sezildi.

«Ayni damgacha biz Izmirdagi Bornov va Bayraqli shaharlaridagi oltita vayron bo‘lgan binolar haqida ma’lumotga egamiz. Ushak, Denizli, Manisa, Belikesir, Aydin va Mug‘la shaharlaridan halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabarlar kelib tushmadi», — deb yozmoqda Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu Twitter saxifasida.

Bundan avval Gretsiyada, Dodekaness orollarida 6,6 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Afina universiteti seysmik laboratoriyasining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 24 kilometr uzoqlikda, Samosaning shimoli-g‘arbida 10 kilometr chuqurlikda joylashgan edi. Karlovasidagi Maryam ona cherkovi vayron bo‘lgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: