Ur artistni!

Senatorlarimiz pandemiya davrida to‘y qilish qoidalarini buzgan san’atkorlar shunchaki jarima jazosi bilan qutulib qolmasligi uchun Madaniyat vazirligiga so‘rov jo‘natishibdi. Bularni kuchi artistlaru oddiy aholiga yetadi. Artist ayb ish qilib qo‘ysa uni qoralab, ochko olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishmaydi. Karantin payti to‘y o‘tkazgan mansabdor-u hokimlar masalasi haqida mum tishlashadi.

Umuman olganda jamiyatni o‘zi ham shunaqa. Barcha nafrat va agressiyasini yig‘ib, artist-u san’atkorga sochadi. Chunki bu manzilga yo‘naltirilgan negativ muallif uchun og‘riqsiz, hechkim jazolanmaydi, qulay-da. Javobgarlik yo‘q.

Madaniyat vakillari, san’ati o‘sishdan to‘xtagan millatni o‘zi ham o‘sishdan to‘xtagan hisoblanadi. Hozircha 2000 yillar o‘rtalaridan so‘ng o‘zbek san’atidagi yuksalishga ko‘zim tushmadi. Bu ko‘p narsa haqida xulosa chiqarishga sabab bo‘la oladi.

Yillar davomida ulardan «meshok» kabi foydalanamiz, litsenziyaga solamiz, senzura qilamiz, san’atiga aralashamiz, tarbiya berishini talab qilamiz, so‘kamiz, haqorat qilamiz. Aslida aynan o‘shalar millat darajasining eng aniq indikatori. Indikator esa ahvolimiz zo‘r emasligini ko‘rsatmoqda.

Nozim Safari

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: