Xalqaro yer kuni haqida

1.Bugun Yer kunining ilk bor nishonlanganiga 50 yil, BMT tomonidan Xalqaro kun deb tayinlanganiga esa 10 yil to‘ladi. Ushbu kunning ramzi oq fondagi ko‘k grek harfi (teta — Θ) sanaladi. Shu kuni ko‘pchilik davlatlarda tinchlik qo‘ng‘irog‘i chalinadi.

2. Birinchi marotaba Yer kuni 1970 yili AQShda nishonlangan bo‘lib, unda mashhur amerikalik siyosatchi va faol senator Geylord Nelson yetakchilik qilgan. Ayni paytda garchi norasmiy bo‘lsa-da, fazodan suratga olingan yer sharini eslatuvchi sayyoramiz bayrog‘i ham qabul qilingan.

3. Hisoblarga ko‘ra, Yer 4,5 milliard yil avval paydo bo‘lgan. Yoki boshqacha aytganda, yerning galaktik yoshi 21da. Uning shakli esa yassi ellipsimon bo‘lib, “geoid” deb ataladi. Yer asosan temir, kislorod va kremniydan tarkib topgan.

4. Yer yuzasining maydoni 510065600 kvadrat kilometr. Agar yer sharini ekvator bo‘ylab piyoda aylanib chiqmoqchi bo‘lsangiz, 40010 km masofani bosib o‘tish kerak bo‘ladi.

5. Yerning sharining eng sovuq hududi Antarktika bo‘lib, 1983 yil bu yerda -89 harorat aniqlangan.

Sayyora Qodirova

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: