Xavfsizlik xizmati haqida 5 fakt

Fursatdan foydalanib, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etamiz. Yurtimiz tinchligi yo‘lida chekayotgan mashaqqatingizni qadrlaymiz. Biz SIZ bilan faxrlanamiz!

1. Afsonaviy o‘zbek razvedkachisi Bahrom Ibrohimov Gitlerning “Uchinchi front” rejasini chippakka chiqargan. “Bizning sharqiy chegaralarda “po‘lat qo‘l” ishlayapti. Toki u bor ekan, “Uchinchi front” hargiz ochilmagay”, deb ham yozishgan.

2. Britaniyaning Maxfiy xizmati «Al-Qoida» terrorchilik guruhining veb-saytiga hujum qilib, bomba yasash ko‘rsatmalari yozilgan veb-sahifani keks tayyorlash usuliga almashtirib qo‘yishgan.

3. 60-yillarda AQSh razvedkasi mushuklarni tinglash moslamalariga aylantirish orqali Kreml va Rossiya elchixonalariga josuslik qilishga uringan. Mushuklar ichiga jarrohlik yo‘li bilan batareyalar, mikrofonlar va antennalar joylashtirilgan.

4. Ayg‘oqchilik vazifasini bajaruvchi sun’iy yo‘ldoshlardagi kameralar shunday mukammalki, ular fazoviy fotosuratlarni 80 kilometr masofadan turib, aniq suratga olishlari mumkin.

5. Eddi Chapman Ikkinchi Jahon urushida nemislar uchun «josuslik qilgan» ingliz edi. U fabrikani portlatish vazifasi bilan Angliyaga boradi va bu haqida inglizlarga aytadi. Inglizlar fabrikada soxta portlashni uyushtirishadi va hech qanday talofat ko‘rishmaydi. Chapman Germaniyani shunchalik ishontiradiki, qilgan «jasorati» uchun nemislar medal bilan taqdirlaydilar.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: