Xonanda Lolaning klipida yashirin ramzlar bormi?

Kecha qo’shiqchi Lolaning yangi klipi chiqdi. O‘ylashimcha, klip yaxshi. Shaxsan mening klipda ko‘rgan narsam — u faqatgina oddiy klip emas. Bu klipda, Ramshtaynning «Deutschland» klipi kabi bir nechta ijtimoiy mavzular yoritilgan. Aslida, bu klipga, hozirgi bo‘lib o‘tgan va bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan o‘ziga xos «buntarlik» deb qarash mumkin. Klipni boshidanoq mana bu sahnani ko’rishimiz mumkin:

Bu yerda biz bosh qahramon niqob taqqan odam, soqolli yigit va epataj bilan kiyingan va sochlarini ko’k rangga bo’yagan «ne formal» qizni ko‘rishimiz mumkin. Albatta, so‘nggi paytlarda «ma’naviyatchilar» kurashayotgan toifalarni uchratishimiz mumkin bu yerda. Mening e’tiborimni tortgan jihati shu «effekt» bilan slow-motion bilan kirib kelish joyi bo‘ldi. Albatta, bu effekt yangilik emas va men uchun bu kadrni eng maromiga yetkazib ishlangan kadr Kventin Tarantinoning «Billni o‘ldirish» filmidagi epizod.

Tarantino filmidagi o‘sha epizod.

Keyingi kadrda ko‘rishimiz mumkinki, oldinda ketayotgan qiz sochlari bilan orqadagi soqolli yigitning aynan soqoliga zarba bermoqda. Bu kadrni so‘nggi paytlarda soqolning taqiqlanishi va soqollilarga qarshi reydlar uyushtirilgani bo‘yicha voqealarga qiyosladim.

Sovpadenie? Ne dumayu)

Klipdagi niqobli yigit. Menimcha, bu obrazda jamiyat va davlatning erkin fikr va so‘z erkinligiga toqatsizligi aks etgan. Albatta, balki bu yigit shunchaki syomka kuni gripp bo‘lib qolgandir, lekin men nimagadir shunday deb o‘ylayapman. O‘zgalar fikriga toqatsizlik, haqiqatni gapirmoqchi bo‘lgan insonning og‘zini yopish yoki odamlar nima deydi, deb indamay yurish kabi holatlarga qiyos qilish mumkin.

Mana bu kadrda esa, Lola bu videoni oddiy bir klip emasligini ko‘z qisish orqali go‘yoki bizga ishora qilmoqda.

Klipda ko‘tarilgan yana bir ijtimoiy muammolardan biri — bizda patriarxal jamiyat tuzilgani, deb o‘ylayman. Aslida qonun bo‘yicha biz absolyut gender tengligiga rioya qilsak-da, jamiyatimizda ko‘p hollarda ayollar fikri bilan qiziqmaymiz. Xotin degani bizda xizmatkor, kelinlar esa qul. Ayollarga nisbatan jamiyatdagi diskriminatsiya mana shu kadrda aks etgan.

Bir tomonda Lola bilan faqat o‘g‘il bolalar va ikkinchi tomonda yakkalangan shu qizaloq.
Mana bu kadrdagi jizg‘anak shashlik esa hech kimni eslatmayaptimi? (Tasavvurimni qara)

Bu yerda yosh yigitlarning agressiv ravishda shashlikni tishlaganlarini jamiyatimizda so‘nggi paytda urchigan janjallar, pichoqbozlik va qotillik holatlarning aksi, deb o‘yladim. Yoki yaqinda bir amaldorning «Biz ko‘p go‘sht yevoryapmiz» degan gaplariga ishora bo‘lishi mumkin.

Va, albatta mana bu kadrda afsonaviy «Bitlz» guruhining mashhur rasmiga ishora qilinyapti.

Yana juda ko‘p kadrlarda viloyatliklarga ishoralar qilingan va Lola ham propiska tizimiga qarshi.

Bu yerda esa so’nggi paytlarda kliplar va kinolarimizning ichida homiylarning mahsulotlarini syujetga qo‘shib, reklama qilishlar ko‘payib ketgani trolling qilinmoqda.

Bu kadrda Lola ro‘molli ayollarni quchoqlab turibdi va ularning ham oddiy o‘zimizning odamlar ekanliklarini tushuntirgan holda ular bilan ham birga ekanligini ko‘rsatmoqda.

Bularning barchasi, albatta, shaxsiy fikrlarim, balki Lola shunchaki «effekt» bilan klip suratga olgandir va men o‘zimcha bunda har xil ishoralar ko‘rayotgandirman. Lekin o‘ylab ko‘rishga arziydi, menimcha, nima dedingiz?

Nurbek Alimov

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: